» » Entoni Joshua va Kubrat Pulev o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Entoni Joshua va Kubrat Pulev o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi


Boks bo‘yicha WBA Super, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlarida Jahon chempioni Entoni Joshuaning (23-1-0, 21 KO) navbatdagi jangi sanasi ma’lum qilindi.

Britnayalik bokschining promouteri Eddi Hirnning ma’lum qilishicha, navbatdagi jang 12-dekabr kuniga mo‘ljallanmoqda. Unga bolgariyalik bokschi Kubrat Pulev (28-1-0, 14 KO) raqiblik qiladi. Hirnning ta’kidlashicha, jang Londonda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Entoni Joshua va Kubrat Pulev o‘rtasidagi jang bunga qadar ikki bor qoldirilgandi. Bir safar jangning o‘tkazilishiga bolgariyalik sportchining jarohati to‘sqinlik qilgan bo‘lsa, 2020-yilgi jang koronavirus pandemiyasi sabab qoldirilgandi. Pulev IBF kamari uchun birinchi raqamli da’vogar hisoblanadi.

Joshua so‘nggi jangini 2019-yilning dekabrida Endi Ruisga qarshi o‘tkazgan. Revansh jangida britaniyalik bokschi chempionlik unvonini qaytarib olgandi.

Yanada ko‘proq boks va MMA’ga oid yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, @UFCBOXUZ’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют