» » realme 7 va 7 Pro hamyonbop modellari taqdim etildi

realme 7 va 7 Pro hamyonbop modellari taqdim etildi


realme brendi yangi hamyonbop smartfonlarni taqdim etdi: realme 7 va 7 Pro. Qurilmalar tashqi ko‘rinishi bilan bir-biridan deyarli farq qilmaydi — dizayni, yuqori chap burchakdagi frontal kamera, to‘rtta kamerasi o‘xshash. Farq ularning ichida, deb xabar beradi GSMarena.

Lineykadagi kichik smartfon 2400x1080 pikselga ega va 90 gerts chastotali (sensor chastotasi — 120 gerts), diagonali 6,5 dyuymga teng IPS ekran bilan jihozlangan. Displey Gorilla Glass himoya oynasi bilan qoplangan bo‘lib, frontal panelning 90,5 foizini egallaydi.

Smartfon ichiga MediaTek Helio G95 protsessori, 6/8 gigabayt tezkor va 64/128 ichki xotira o‘rnatilgan. Akkumulyator sig‘imi 5000 mA/soatga teng va 30 Vt tezkor zaryadlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Himoya uchun quvvatlantirish tugmasida joylashgan barmoq izi skaneri va yuzni tanish tizimi javob beradi.

Kameraning asosiy blokidan 64 megapikselli datchik, 8 megapikselli keng burchakli va qo‘shimcha 2 megapikselli ikkita modul o‘rin olgan. Frontal kamerasi esa 16 megapiksellni tashkil etadi.

Hindistonda realme savdosi 10-sentabrdan boshlanadi.

Seriyaning katta modeli biroz kichikroq diagonalli AMOLED displeyga ega bo‘lgan: 6,4 dyuym. Piksellar soni 2400x1080, tasvirni yangilash chastotasi — 60 gerts. Displey smartfon panelining 90,8 foizini egallagan. Barmoq izi skaneri ekran ostida joylashgan.

Qurilmaning ishlashiga Snapdragon 720G protsessori, 6/8 gigabayt tezkor va 128 gigabayt ichki xotira javob beradi. Katta modelning batareya sig‘imi 4500 mA/soatga teng, biroq tezkor quvvatlanish 65 vattga qadar “ko‘tarilgan”. SuperDart texnologiyasi sharafiga akkumulyator 34 daqiqaga to‘liq quvvat oladi.

Asosiy kamera bloki kichik modelniki bilan bir xil. Faqat frontal kamerasi 32 megapiksellga teng.

realme 7 va 7 Pro’ning rasmiy narxlari:

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyul boshlarida Realme 100 dollarlik hamyonbop smartfonini taqdim etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют