» » O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun magistraturaga hujjat topshirganlarga imtihonlarda qatnashish uchun ruxsatnoma berish boshlandi

O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun magistraturaga hujjat topshirganlarga imtihonlarda qatnashish uchun ruxsatnoma berish boshlandi


O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga 2020/2021-o’quv yili uchun hujjat topshirgan abituriyentlarga kirish imtihonlarida qatnashish uchun ruxsatnomalar berish boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ruxsatnomani magistr.edu.uz va ruxsatnoma.edu.uz manzillaridan yuklab olinadi. Buning uchun abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda tug‘ilgan sanasi kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga 2020/2021-o’quv yili uchun kirish imtihonlari 8—20-sentabr kunlari belgilangan hududlarda, onlayn test sinovi tarzida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston OTMlari magistratura bosqichiga 2020-yilda 10 425 nafar talaba qabul qilinadi. Ulardan 5475 nafari grant, 4950 nafari to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi. 2020/2021-o‘quv yili magistrantlar uchun ham masofaviy shaklda boshlanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda magistratura imtihonlari testlarining soni hamda ularni baholash mezonlari tasdiqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют