» » Moskva meri shaharda koronavirus epidemiyasi kuzda qayta avj olishini tahmin qildi

Moskva meri shaharda koronavirus epidemiyasi kuzda qayta avj olishini tahmin qildi


Moskva 2020-yilning kuzida koronavirus infeksiyasining qayta avj olishiga duch kelishi mumkin. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyaninga tayanib, Meduza xabar qildi.

“Pandemiya hali tugamagan. Bundan tashqari, kuzda biz vaziyatning bir qancha murakkabligiga duch kelishimiz mumkin. Bolalar maktablarga, talabalar universitetlarga borishdi, odamlar dala hovlilardan uylariga qaytishdi.

Bularning barchasi bemorlar sonining ko‘payishiga zamin yaratadi. Kasallikning bunday avj olishi vaqtida ma’lum bir korxona, ofis va maktablar vaqtincha yopilishi yoki masofaviy rejimga o‘tkazilishi mumkin”, — deyiladi shahar hokimining veb-saytidagi shaxsiy blogida.

Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya poytaxti boshqa dunyo shaharlariga qaraganda kamroq yo‘qotish bilan pandemiyaning eng qiyin bosqichini o‘tkazdi.

Hokimiyat veb-saytida keltirilgan amaldagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvada har kuni 600 dan ortiq kishida koronavirusga topshirilgan test musbat natija bermoqda va to‘rt mingga yaqin bemor kasalxonalarda davolanyapti. Ularning har o‘ndan biri kasallikning og‘ir shaklini o‘tkazmoqda.

Avvalroq Sobyanin koronavirusni yaqin olti oy ichida to‘liq mag‘lub etish mumkinligini e’lon qilgandi.

Rossiya Koronavirus bo‘yicha tezkor shtabining 4-sentabr kuni bergan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 infeksiyasining jami 1 015 105 ta holati aniqlangan. Pandemiya boshlanganidan beri 17 649 kishi koronavirusdan vafot etgan, 832 747 kishi esa kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют