» » Farg‘onada 18 yoshli yigitning 2 qop bodomi va Samsung Galaxy A20 telefonini tortib olgan shaxslar ushlandi

Farg‘onada 18 yoshli yigitning 2 qop bodomi va Samsung Galaxy A20 telefonini tortib olgan shaxslar ushlandi


Farg‘ona viloyati Quva tumanida olti kishi 18 yoshli yigitga tegishli bo‘lgan ikki qop bodom va Samsung Galaxy A20 telefonini tortib olib, talonchilik sodir etdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 27-avgust kuni soat 03:40 da Quva tumani O‘zbekiston ko‘chasiga Matiz avtomashinasida kelgan noma’lum shaxslar 18 yoshli X.T.ning jag‘ sohasiga musht tushirib, unga tegishli jami narxi ikki million so‘m bo‘lgan ikki qop bodom va Samsung Galaxy A20 telefon apparatini tortib olgan va hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 24 yoshli I.M., F.G‘., D.M., 25 yoshli N.U., 26 yoshli M.K., 22 yoshli T.Q. sodir etganligi aniqlangan. Matiz mashinasini I.M. boshqarganligi aniqlanib, X.T.ga tegishli Samsung Galaxy A20 telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, I.M. va uning sheriklari Farg‘ona viloyatining boshqa tumanlarida shu kabi jinoyatlar sodir etganligi aniqlangan va ularning barchasi ushlangan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Quva tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.M. shu tumanda jinoyat sodir etib ushlanganligi sababli, ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 02:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют