» » JSST COVAX dasturi bo‘yicha vaksinalar qachondan yetkazib berilishi mumkinligini ma’lum qildi

JSST COVAX dasturi bo‘yicha vaksinalar qachondan yetkazib berilishi mumkinligini ma’lum qildi


Koronavirusga qarshi har qanday vaksina xalqaro darajada foydalanilishidan oldin uning xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlovchi to‘liq jarayondan o‘tishi kerak. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan 4-sentabr kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Biror-bir vaksina regulyatorlar, hukumat va JSST uning xavfsizlik standartlariga minimal javob berishiga ishonchi komil bo‘lmaguniga qadar ommaviy ravishda tarqatilmasligi kerak”, — deydi Svaminatan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ma’qullangan vaksinalarni ilk yetkazib berish ishlari JSSTning COVAX dasturi orqali 2021-yilning o‘rtalarida boshlanishi mumkin.

24-avgust kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda JSST rahbari Tedros Gebreyesus koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha COVAX xalqaro mexanizmiga 172 davlat qo‘shilgani haqida xabar bergandi. JSST va uning Yevropa mintaqaviy byurosining faol a’zosi sifatida O‘zbekiston ham tashkilotning koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi. Ayni paytda JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud ekani aytilmoqda.

Mavzuga doir: JSST boy mamlakatlar sababli COVID-19’ga qarshi vaksinaga teng ega bo‘lish imkoniyatini beruvchi dasturni amalga oshirish muddatini kechiktirdi

Avvalroq vaksinani yaratish va tadqiq qilish ishlarini moliyalashtiruvchi Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yil oktabr oyidan boshlanishini aytgandi. Keyinchalik Rossiyada xavf guruhiga kiruvchi kishilarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yilning noyabr—dekabr oylarida boshlanishi haqida xabar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют