» » Key-Liga. “Pusan Ay Park” Seulda durang qayd etdi, Doston Tursunovdan avtogol

Key-Liga. “Pusan Ay Park” Seulda durang qayd etdi, Doston Tursunovdan avtogol


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan 5-sentabr kungi o‘yinlar yakunlandi.

“Seul” jamoasi o‘z maydonida “Pusan Ay Park” bilan bahs yuritdi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Doston Tursunov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Pusanliklar 85-daqiqaga kelib hisobni tenglashtirishga erishdi.

Mazkur o‘yinda Tursunov to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, seulliklar safida to‘p suruvchi Ikrom Aliboyev maydonda ko‘rinish bermadi.

“Seul” 21 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda, “Pusan” (20) 10-o‘rinni egallab turibdi.

“Sonnam” esa “Chonbuk Motors”ni taslim etdi. Yu In Su va Pak Te Junning gollari sonnamliklarga g‘alaba keltirdi. Ushbu uchrashuvda Jamshid Iskandarov zaxirada qoldi.

“Sonnam” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 21 taga yetkazib olgan holda 6-o‘ringa ko‘tarildi.

Key-Liga

19-tur bahslari

5-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 – 25, avtogol Tursunov, 1:1 – 85 Kim Chon Hyon.

Gollar: 1:0 – 30 Yu In Su, 2:0 – 52 Pak Te Jun.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют