Farg‘onada jarima maydonchasidan mototsikl olib qochgan fuqaro ushlandi. U 10 yilgacha qamalishi mumkin
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida jarima maydonchasidan mototsikl olib qochgan fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2-sentabr kuni soat 04:30 larda fuqaro S.J. Jangir qishlog‘ida joylashgan jarimalar maydonchasida saqlanayotgan Q.A.ga tegishli bo‘lgan davlat raqamisiz “Yava” rusumli mototsiklni olib qochgan. Uni Qo‘qon–Yaypan yo‘lida yetaklab borayotgan vaqtida ushbu hududda xizmat olib borayotgan O‘zbekiston tumani IIB XPB profilaktika inspektorlari tomonidan to‘xtatilib ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.J.ga nisbatan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
