» » Farg‘onalik tadbirkor o‘z hisobidan qishloqdoshlariga poliklinika va MFY uchun yangi bino qurib berdi

Farg‘onalik tadbirkor o‘z hisobidan qishloqdoshlariga poliklinika va MFY uchun yangi bino qurib berdi


Farg‘ona viloyatida yashovchi tadbirkor o‘z mablag‘idan 3 milliard 200 million so‘m sarflab, Uchko‘prik tumanidagi “Katta Qashqar” mahalla aholisi uchun oilaviy poliklinika hamda mahalla idorasi uchun zamonaviy bino qurib berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Qayd etilishicha, namunaviy loyiha asosida qisqa fursatda qurilib, foydalanishga topshirilgan mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosida xodimlar va mahalla aholisi uchun barcha zarur sharoit yaratilgan.

“32 xonadan iborat ikki qavatli zamonaviy binoda qishloq oilaviy poliklinikasi, profilaktika inspektori xonasi va kutubxona ham joylashtirilgan. Barcha xonalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Shu bilan birga Prezidentning 5 ta muhim tashabbusi ijrosi doirasida kutubxonada yoshlarga kompyuter savodxonligini o‘rgatish uchun kompyuterlar ham o‘rnatilgan va internetga ulangan”, — deydi “Katta Qashqar” MFY raisi Ibrohimjon Xolmatov.

Ta’kidlanishicha, bino qurilishiga sarflangan mablag‘dan tashqari zarur bo‘lgan jihozlar uchun yana 100 million so‘m sarflangan.

Mavzuga doir: “Mahallamizdagi 350 dan ziyod oila birlashib, yuzlab xonadonni ‘temir daftar’dan chiqarmoqchimiz” – norinlik limon yetishtiruvchi tadbirkor bilan suhbat



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют