» » Farg‘onada Spark bilan “KamAz” to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Farg‘onada Spark bilan “KamAz” to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi


2020-yil 6-sentabr kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida “KamAz” hamda Spark ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining axborot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko‘ra ikki transport vositasi 6-sentabr kuni taxminan soat 06:00 larda Oltiariq tumani “Xamza” MFY hududidan o‘tgan 4R-148B avtomobil yo‘lining 5-kilometrida to‘qnashgan.

Hodisa Spark haydovchisi 1991-yilda tug‘ilgan S.F.ning boshqaruv vaqtida uxlab qolishi oqibatida ro‘y bergan. Qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan Spark qarshisidan kelayotgan 2001-yilda tug‘ilgan haydovchi B.B. boshqaruvidagi “KamAz-53212” rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.

Spark haydovchisi 29 yoshli S.F. va mashina ichidagi yo‘lovchi 1991-yilda tug‘ilgan A.N. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avval Farg‘onada haydovchilik guvohnomasisiz ekskavatorni boshqargan 19 yashar yigit 68 yoshli fuqaroni urib yuborgani, piyoda voqea joyida vafot etgani, Farg‘ona viloyatida Damas va Labo o‘rtasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani, Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida Damas va “IJ” mototsikli to‘qnashuvi oqibatida haydovchilardan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют