» » Butun dunyoda koronavirus bilan kasallanishlar soni bo‘yicha sutkalik antirekord yangilandi

Butun dunyoda koronavirus bilan kasallanishlar soni bo‘yicha sutkalik antirekord yangilandi


Oxirgi bir sutka davomida butun dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha jami 304 626 ta holat qayd etildi. Bu haqda COVID-19 haqidagi statistik ma’lumotlarni umumlashtirib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida bayon qilingan.

Avvalgi sutkalik rekord 14-avgustda o‘rnatilgan, shu kuni 24 soat davomida 304 351 kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangandi.

Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 2020-yil 6-sentabr soat 19:20 holatiga ko‘ra 26 918 965 nafarga yetgan. Eng ko‘p kasallanish holati AQShda kuzatilgan (6 246 281 ta). Ikkinchi o‘rinni Braziliya (4 123 000), uchinchi pog‘onani Hindiston (4 113 811), to‘rtinchi o‘rinni Rossiya (1 022 228) va beshinchi o‘rinni Peru (683 702) egallagan.

Dunyoda kasallik asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 880 341 nafarni tashkil qilmoqda. AQShda 188 554 kishi, Braziliyada 126 203 kishi, Hindistonda 70 626 nafar kishi, Meksikada 67 326 kishi va Buyuk Britaniyada 41 638 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Shuningdek, oxirgi bir sutka ichida dunyoda 5637 nafar bemor vafot etgan. Bu boradagi rekord 14-avgust kuni o‘rnatilgan va shu kuni 10 135 ta o‘lim holati kuzatilgandi.

Avgust oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adan Gebreyesus yer aholisi koronavirus pandemiyasini yengib o‘tishi uchun kamida ikki yil vaqt talab etilishi haqida gapirgandi. JSST bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra shu muddatda kasallik ustidan g‘alaba qozonish uchun dunyo davlatlari ushbu ezgu maqsad yo‘lida birdam bo‘lib harakat qilishi lozim.

Gebreyesus davlatlarni infeksiya tarqalib ketishining oldini olish uchun bor resurslarni safarbar qilishga chaqirgan. Shuningdek, u vaksinaning infeksiyaga qarshi kurashda asosiy qurol bo‘lishiga umid qilishini aytgan.

JSST rahbari vaksinaning yaratilishi virusning tarqalishiga butunlay barham berishi haqidagi fikr noto‘g‘ri ekanini ta’kidlagan.

“Vaksina yaratilgan taqdirda ham, bu pandemiyaning tezda tugashini anglatmaydi”, — degan edi Gebreyesus.

U odamlar kasallikdan saqlanishi uchun infeksiyaning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish kerakligini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3-avgust kuni 18 millionga, 7-avgust kuni 19 millionga, 10-avgustda 20 millionga yetgan, 15-avgust kuni esa 21 milliondan, 19-avgust kuni esa 22 milliondan oshgandi. 22-avgustda bu ko‘rsatkich 23 millionga yetgan. 27-avgustda 24 milliondan, 30-avgustda 25 million kishidan, 3-sentabrda esa butun dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 26 million nafardan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 98) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют