» » Samarqanddan Toshkentga yo‘l olgan yuk mashinalari ta’mirtalab ko‘prik sabab Sirdaryo tumanini aylanib o‘tadi

Samarqanddan Toshkentga yo‘l olgan yuk mashinalari ta’mirtalab ko‘prik sabab Sirdaryo tumanini aylanib o‘tadi


Toshkent – Samarqand yo‘nalishining Sirdaryo viloyati hududidan o‘tgan qismida yuk mashinalarining harakat yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritiladi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatiga tayanib “Kun.uz” xabar qildi.

M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining Sirdaryo tumanidan o‘tuvchi 90-kilometrida joylashgan “Sho‘razak” kollektori ustidagi temirbeton ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati pasayib, ta’mirtalab holga kelib qolgan. Kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida og‘ir yuk tashuvchi transport vositalarining ushbu ko‘prik orqali harakatlanishi taqiqlandi. Mazkur turdagi transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishi o‘zgartirildi.

Xalqaro ahamiyatdagi M-39 avtomobil yo‘lining 871-kilometri orqali Sirdaryo viloyati hududiga kirib kelgan og‘ir turdagi yuk transport vositalari qatnovi 4R26 “Sirdaryo – Dehqonobod – Qiyot – Bekobod” yo‘nalishi bo‘yicha A-373 “M-39 avtoyo‘li – Guliston – Bo‘ka – Angren – Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 58-kilometriga chiqib harakatlanishni davom ettirishlari mumkinligi belgilangan.

Ikki oy muddatda ushbu temirbeton ko‘prikning bir tomonini avtotransport vositalari qatnovi uchun ta’mirlab, foydalanishga topshirish uchun Sirdaryo viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasiga yuklatilgan.

Qayd etilishicha, ko‘prik to‘rt oy muddatda to‘liq foydalanishga topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют