» » Sirdaryo viloyatida koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning barchasi og‘ir ahvolda

Sirdaryo viloyatida koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning barchasi og‘ir ahvolda


Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Farrux Sharipov 6-sentabr holatiga ko‘ra ahvoli og‘ir bemorlar haqida ma’lumot berdi.

O‘ta og‘ir va og‘ir holatdagi 564 nafar bemordan 110 nafari sun’iy nafas olish apparatida, 222 nafari noinvaziv sun’iy nafas apparatida SIPAP rejimida hamda 175 nafari maxsus moslama yordamida burun orqali kislorod olmoqda.

O‘ta og‘ir va og‘ir ahvoldagi 564 nafar bemorning 353 nafari Zangiota kompleksiga, 56 nafari Toshkent shahriga, 38 nafari Samarqand viloyatiga, 31 nafari Sirdaryo viloyatlariga, 21 nafari Qashqadaryo, 17 nafari Surxondaryo, 6 nafardan Buxoro va Jizzax, 3 nafardan Namangan va Xorazm hamda 1 nafari Qoraqalpog‘istonga to‘g‘ri keladi.

Farrux Sharipov, Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i

SSV bosh boshqarma boshlig‘i 564 nafar bemordan faqat 535 nafari haqida ma’lumot bergan. Qolgan 29 bemor qaysi hududdan ekanligiga aniqlik kiritmagan. Andijon, Navoiy va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha ham ma’lumot berilmagan.

Sirdaryo viloyatida oxirgi marta 30-avgust kuni yangi bemorlar aniqlangandi. O‘sha kuni viloyatda davolanayotgan bemorlar soni 48 nafarni tashkil etayotgandi. 3-sentabrga kelib Sirdaryoda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar 31 nafarga tushgandi. O‘shandan buyon yangi bemorlar ham ro‘yxatga olingani ham yo‘q, tuzalgani ham yo‘q. Endi ma’lum bo‘lyaptiki, davolanishdagi 31 kishining bari og‘ir ahvolda.

Ma’lumot uchun, hozirda Sirdaryoda 761 kishida koronavirus aniqlangan, ulardan 728 nafari sog‘aygan, 2 kishi esa vafot etgan.

Surxondaryo viloyatida ham ahvoli og‘ir bemorlar ko‘pligi ma’lum bo‘ldi. Davolanishdagi 21 kishidan 17 nafarining ahvoli og‘ir. Jizzax viloyatida davolanayotgan bemorlarning 11 nafaridan 6 nafari og‘ir ahvolda bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют