» » WBA reytingida Shahram va Shohjahonni ortda qoldirayotgan bokschi Botir Ahmedov navbatdagi jangida raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

WBA reytingida Shahram va Shohjahonni ortda qoldirayotgan bokschi Botir Ahmedov navbatdagi jangida raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi


Professional boksning super yengil vazn (63,5 kg) toifasida ringga chiqayotgan Botir Ahmedov (8-1, 7 KO) AQShda o‘zining navbatdagi jangini 6-sentabr, yakshanba kuni (Toshkent vaqti bilan 7-sentabr erta tongda) o‘tkazdi.

Botuxon Go‘zgech nomi bilan mashhur bokschi professional ringdagi 8-jangida filippinlik Rey Peresga (24-12, 8 KO) qarshi jang qildi. To‘qnashuv 10 raunddan iborat bo‘lishi belgilangandi. Ammo Botir 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratdi va muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa Ahmedov WBA Regular kamari uchun asosiy da’vogarga aylandi.

Jang va nokaut videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — HAVOLA.

Qayd etish joiz, Ahmedov faoliyatidagi ilk va hozircha yagona bo‘lgan mag‘lubiyatini 2019-yil 28-sentabrda Mario Barriosga (25-0, 16 KO) qarshi jangda qabul qilib olgandi.

Ma’lumot uchun, Ahmedov 1990-yil 20-dekabrda O‘zbekistonda tug‘ilgan. U 2010-yillarda Ukraina va Turkiya boks terma jamoalari sharafini himoya qilgan. 2017-yildan e’tiboran esa professional boksda faoliyat olib bormoqda. Bokschi uchta davlat — Rossiya, Ukraina, Turkiya fuqaroligiga ega.

Ahmedov 2016-yil Rioda o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida -64 kg vazn toifasida Turkiya nomidan qatnashgan va chorak final bahsida germaniyalik Artyom Arutyunyanga mag‘lub bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu vazn toifasida oltin medal finalda ozarbayjonlik Lorenso Sotomayorni mag‘lub etgan, o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarovga nasib etgandi.

Ta’kidlash kerak, Botir Ahmedov harakat qilayotgan professional boksning super yengil vazn toifasida o‘zbekistonlik yana ikki bokschi bor. Bular — Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev. WBA reytingida ushbu bokschilar ketma-ketlikda joylashgan: Botir Ahmedov — 5-o‘rinda, Shahram G‘iyosov — 6-o‘rinda, Shohjahon Ergashev esa 7-pog‘onadan o‘rin olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют