» » Samarqandda YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan 19 yoshli haydovchi olti sutkaga qamaldi

Samarqandda YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan 19 yoshli haydovchi olti sutkaga qamaldi


Samarqandda YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, o‘zgalar hayotiga xavf solgan holda transport vositasini boshqargan haydovchi 6 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 3-sentabr kuni soat taxminan 23:45 larda 19 yoshli N.T. Samarqand shahar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab o‘ziga tegishli kulrang Nexia-2 rusumli avtomashinani boshqarib kelayotgan vaqtida Samarqand viloyati IIB YHXB inspektori tomonidan unga to‘xtash ishorasi berilgan. Haydovchi YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, harakatni davom ettirib ketavergan.

Shubhali bo‘lgan ushbu transport vositasiga Samarqand shahar Beruniy va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari chorrahasida xizmat o‘tayotgan YPX inspektori tomonidan ham to‘xtash ishorasi berilishiga qaramasdan, haydovchi takroran YPX inspektorlarining qonuniy talablarini bajarmasdan keskin harakatlanishda davom etgan.

Ta’kidlanishicha, haydovchining shaxsiga tezkorlik bilan aniqlik kiritilib ushlangan.

Uning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183, 194, 195-moddalarida (mayda bezorilik, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligini inobatga olinib, belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan va to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Samarqand shahar Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudiga yuborilgan.

Samarqand shahar Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan huquqbuzarga nisbatan olti sutka ma’muriy tartibda qamoq jazosi tayinlangan.

Avvalroq Toshkentda 19 yoshli yigit Lacetti’da YPX inspektorini urib yuborgani, inspektor shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют