» » Beshariqda Qo‘qon davlat pedagogika institutiga 5000 dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Beshariqda Qo‘qon davlat pedagogika institutiga 5000 dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi


Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida fuqaroni Qo‘qon davlat pedagogika institutiga 5000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga xabar qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Beshariq tuman bo‘limi hamda IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro Sh.T. firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida fuqaro N.U.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qo‘qon davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют