» » Kattaqo‘rg‘onda fuqaroni Milliy gvardiya institutiga kiritib qo‘yish evaziga 8000 dollar so‘ragan shaxs qo‘lga tushdi

Kattaqo‘rg‘onda fuqaroni Milliy gvardiya institutiga kiritib qo‘yish evaziga 8000 dollar so‘ragan shaxs qo‘lga tushdi


Samarqand viloyatining Katta qo‘rg‘on shahrida A. ismli fuqaroni Milliy gvardiya harbiy texnika institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarga nisbatan jinoyati ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmat “Daryo”ga ma’lum qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda B.N.ning firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirishni ko‘zlab A.ni aldagani fosh bo‘ldi. U yigitni Milliy gvardiya harbiy texnika institutiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 8 000 AQSh dollari talab qilgan va shundan 1 500 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

2020-yil mart oyida o‘zini “Milliy gvardiya mayori” deb tanishtirib, ishga kiritib qo‘yish uchun va shu kabi boshqa masalalarda fuqarolardan pul undirayotgan ayol qo‘lga olingani haqida xabar berilgan. 18-avgust kuni esa Samarqand viloyatida Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, o‘zganing 27 ming 200 dollar miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritgan fuqaro firibgarlikda ayblanayotgani va dastlabki tergov harakatlari boshlangani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют