» » Pro-Liga. “Dinamo” Toshkentda ochko yo‘qotdi, “Zomin” o‘z uyida “Turon”ga taslim bo‘ldi

Pro-Liga. “Dinamo” Toshkentda ochko yo‘qotdi, “Zomin” o‘z uyida “Turon”ga taslim bo‘ldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro-Ligasining 5-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 7-sentabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Zomin” jamoasi o‘z uyida “Turon”ni qabul qildi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Abdulazizxon Abdurashidov yaypanliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan bir o‘tar-o‘tmas Sunnatillo Ermatov muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Eldor Karimov “Turon”ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

“Turon” mazkur g‘alabadan keyin ochkolarini 12 taga yetkazib olgan holda peshqadam “Sho‘rtan”ga yetib oldi. “Zomin” (3) esa 7-o‘rinda bormoqda.

Yana bir o‘yin “Oqtepa” va “Dinamo” o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning 30-daqiqasida Vladislav Fomin hisobni ochdi. 58-daqiqada “Dinamo” Shahzod Hamidovning chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib bo‘lib qoldi. Samarqandliklar 78-daqiqada Shohruh Abdurahmonovning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

“Oqtepa” 8 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi, 4-pog‘onadagi “Dinamo” hisobida 7 ochko bor.

Pro-Liga

5-tur bahslari

7-sentabr, dushanba

Gollar: 0:1 – 45+1 Abdulazizxon Abdurashidov, 1:1 – 45+2 Sunnatillo Ermatov, 1:2 – 82 Eldor Karimov.

Gollar: 1:0 – 30, penalti Vladislav Fomin, 1:1 – 78 Shohruhbek Abdurahmonov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют