» » Toshkent viloyatida 171 mln so‘mlik dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida 171 mln so‘mlik dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi


Toshkent viloyati Toshkent tumanida aholi talabi yuqori bo‘lgan doir vositalarini noqonuniy yo‘l bilan muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro A.S. pandemiya sharoitida aholi talabi yuqori bo‘lgan dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritib daromad orttirib qolish maqsadida 500 dona “Kleksan”, 300 dona “Geparin”, 200 dona “Sefoperazon-sul”, 500 dona “Meropenem”, 500 dona “Arbidol 50 mg” va “Arbidol 100 mg” dori vositalarini jami 171 million so‘mga soxta shartnoma orqali xaridorga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “a” bandi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 103) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют