» » BMT dunyoda har yili 7 mln odam iflos havo oqibatida vafot etishini ma’lum qildi

BMT dunyoda har yili 7 mln odam iflos havo oqibatida vafot etishini ma’lum qildi


Butun dunyoda har yili 7 million odam havoning ifloslanishi oqibatida vafot etadi, ularning aksariyati saraton, respirator yoki yurak kasalliklari bilan og‘rigan. Bolalarda esa astma, surunkali o‘pka kasalliklari, bo‘y o‘sishining sekinlashuvi, semizlik va aqliy zaiflik kuzatilmoqda. Bu haqda BMT 7-sentabr kuni nishonlanadigan Xalqaro toza havo kunida ma’lum qildi.

Koronavirus pandemiyasi davrida samolyotlar parvozi va jamoat transportlaridan foydalanish kamaydi, olimlar dunyoning ko‘plab shaharlarida havoning ifloslanish konsentratsiyasi keskin pasayganini aniqladi, ayniqsa, azot oksidi darajasi kamaygan. Bu, asosan, shahar joylarda transport vositalari harakati qisqargani sabab sodir bo‘lgan.

Biroq ekspertlarning ta’kidlashicha, havo sifati transportga aloqasi bo‘lmagan ko‘plab boshqa ifloslovchi omillarga bog‘liq. Masalan, turar joy va boshqa binolarni isitishdan yoki dalalarga sepiladigan o‘g‘itlardan hosil bo‘luvchi atmosferadagi mayda zarralarning ifloslanish darajasi kamaymagan.

“Bu shaharlarda ifloslangan havodan samarali himoyalanish uchun transport sektori doirasidan tashqariga chiquvchi sohalarda ham kompleks choralar muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi”, — deyiladi BMTning Yevropa iqtisodiyot komissiyasi xabarida.

Ta’kidlanishicha, havoning ifloslanishi nafaqat inson sog‘lig‘iga, balki iqtisodiyotga ham zarar keltiradi. Atrof-muhitning ifloslanishidan keladigan iqtisodiy zarar Yevropa mintaqasidagi 10 ta davlatning milliy YaIMning kamida 20 foizini tashkil etadi.

Xalqaro toza havo kunida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi Uzoq masofalararo transchegaraviy havo ifloslanishi to‘g‘risidagi konvensiyaga rioya qilishning ahamiyatini eslatib o‘tgan.

Oradan 40 yil o‘tgach, ushbu konvensiya dunyoda bu turdagi mintaqaviy yagona hujjatga aylangan. U xalqaro hamkorlik borasida muhim rol o‘ynaydi, ayniqsa, havoni ifloslantiruvchilar milliy chegaralarni kesib o‘tishi va minglab kilometrga harakatlanishi mumkin. Konvensiya doirasidagi jamoaviy harakat o‘z natijalarini bergan: masalan, 1990-yildan buyon Yevropada zararli vositalarning, jumladan, qattiq zarralarning atrofga tarqalishi 30-80 foizga kamaygan. Biroq oldinda yana ko‘plab muammolar o‘z yechimini kutmoqda.

Avvalroq Yer atmosferasining ifloslanish xaritasi tahlili sayyoradagi aholining deyarli yarmi tarkibi changning yuqori konsentratsiyasi va aerozollarga ega o‘ta iflos havodan nafas olishini ko‘rsatgan edi.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet”ning may oyidagi monitoringi bo‘yicha Olmaliq atmosfera havosi eng iflos shahar bo‘lib chiqdi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil dekabr oyida O‘zbekiston havo ifloslanishi bilan bog‘liq o‘lim holati bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egallashi, qish oylarida, ayniqsa, noyabr va dekabr oylarida havo sifati “zaif qatlamlar uchun nosog‘lom” va “nosog‘lom” oralig‘ida bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют