» » Xitoyda koronavirusga qarshi yaratilgan ikkita vaksina namoyish etildi

Xitoyda koronavirusga qarshi yaratilgan ikkita vaksina namoyish etildi


Xitoyning ikkita farmatsevtika kompaniyasi birinchi marta koronavirusga qarshi yaratilgan vaksinalarni namoyish etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Vaksinalar Sinovac Biotech va Sinopharm kompaniyalari tomonidan yaratilgan. Vaksinalarning namunalari Pekindagi ko‘rgazmada namoyish etilgan.

Ayni paytda vaksinalar klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan o‘tmoqda. Ishlab chiqaruvchilar 2020-yilning oxirigacha ulardan foydalanish uchun ruxsat olishga umid qilmoqda.

May oyida Xitoy raisi Si Szinpin uning mamlakatida yaratilgan vaksinalar sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda jahon hamjamiyatining boyligiga aylanishini va’da qilgan.

Avvalroq Xitoyning Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical kompaniyasi O‘zbekistonga koronavirus vaksinasi sinovlarida qatnashishni taklif etgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda Rossiya yoki Xitoy vaksinasini xarid qilish masalasi muhokama qilinayotgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют