» » “Yermulkkadastr” davlat korxonasi negizida Davlat kadastrlari palatasi tashkil etiladi

“Yermulkkadastr” davlat korxonasi negizida Davlat kadastrlari palatasi tashkil etiladi


“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori bilan viloyatlardagi “Yermulkkadastr” davlat korxonasi (sobiq “BTI”), ularning tuman (shahar) filiallari negizida Davlat kadastrlari palatasi tashkil etilmoqda.

Ushbu palataning oldingi korxonalar ish uslubidan eng asosiy farqi – bu ko‘chmas mulkka kadastr yig‘majildini tayyorlash va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bitta idora shug‘ullanmaydi.

Ya’ni o‘z mulkini ro‘yxatdan o‘tkazaman deb kelgan fuqaroga shartnoma berib, kadastr ishlarini bajarish, texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish haqida. Bu ish yakunlangach, ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish haqida ariza bilan murojaat qilish, filialning bitta xodimi tayyorlagan yig‘majildni uning ikkinchi xodimi tekshirib qabul qilishiga barham beriladi.

Endi davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari faqat registratsiya bilan, olingan ma’lumotlar asosida davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bilan, o‘zlari to‘plagan ma’lumotlarni vakolatlari organlardan olgan axborotlar bilan birlashtirib, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish bilan shug‘ullanadi.

Ko‘chmas mulkka kadastr yig‘majildini tayyorlash, shu maqsadda uni texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish vazifasini esa davlat tashkilotlaridan tadbirkorlik subyektlariga o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Tez orada tadbirkorlarga ushbu ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat ham qabul qilinishi mumkin. Ungacha Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari bu vazifani bajarib turadi. Bozor o‘z egalariga topshirilgach bu filiallar ham bosqichma-bosqich tugatiladi va faqat olis, borish qiyin bo‘lgan hududlarda qoldiriladi, deyilgan Davyergeodezkadastr axborot xizmati bergan xabarda.

Avval “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tashkil qilingani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 06:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют