» » Xitoy gaz sotib olish bo‘yicha yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

Xitoy gaz sotib olish bo‘yicha yangi tarixiy rekord o‘rnatdi


Tabiiy gazning eng yirik importchisi Xitoy 2020-yil iyul oyida quvur liniyalari orqali va suyultirilgan shaklda 12,252 milliard kubometr gaz sotib oldi. Xitoy bojxona statistikasida keltrilgan ma’lumotlarga ko‘ra bu 2019-yilning huddi shu davriga nisbatan 13 foizga (10,828 milliard kubometr), 2020-yilning iyun oyiga nisbatan esa 27 foizga (9,615 milliard kubometr) ko‘pdir.

Bu ko‘rsatkich mamlakat uchun oy davomida qilingan rekord hajmdagi importdir.

Bozor tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy iyun oyidagi 5 million tonnadan (6,6 milliard kubometr) keyin yana 5,5 million tonna (7,2 milliard kubometr) suyultirlgan gaz sotib olgan. Mamlakatlar bo‘yicha suyultirilgan gaz sotib olish bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni Xitoy ikki yarim haftadan so‘ng e‘lon qiladi.

Ushbu ma’lumotdan kelib chiqadiki, Xitoyga gaz quvurlari orqali yetkazib beriladigan gaz miqdori karantin avvalgi darajadan oshgan bo‘lishi, shuningdek, katta ehtimol bilan rekord darajaga ko‘tarilgan bo‘lishi kerak.

Gaz quvuri orqali yetkazib beriladigan gaz narxi yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarda har chorakda o‘zgarib turadi.

Iyul oyida shartnoma narxlari yana pasayishi kerak edi (neft narxining pasayishi ketidan), bu esa shu paytda gaz sotib olishni avvalgiga qaraganda ancha foydali qilardi.

Xitoy tabiiy gazni gaz quvurlari orqali Rossiya, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Myanmadan import qiladi.

2020-yilning dastlabki yetti oyida Xitoy tabiiy gaz importini 6 foizga — 73, 677 milliard kubometrgcha oshirdi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Rossiyaga gaz eksportini to‘xtatdi, Xitoyga eksport uch baravar qisqardi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 09:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют