» » Farg‘onada 1,3 mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gaz o‘g‘irlanishi holatlari aniqlandi

Farg‘onada 1,3 mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gaz o‘g‘irlanishi holatlari aniqlandi


“Hududgazta’minot” AJ tizimidagi “Hududgaz metrologiya” filiali, Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi vakillari bilan birgalikda Farg‘ona viloyatida ohak va boshqa turdagi qurilish materiallari, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarining (AYoQSh) tekshiruvi tashkil etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 10 kun davom etgan o‘rganishlar davomida viloyatdagi 15 ta ishlab chiqarish obyektlarida qo‘pol qonunbuzarliklar va 1 million 353 ming kubometrdan ortiq gazni o‘g‘irlash hamda gazni hisobga olishdagi qonun buzilishlari bilan bog‘liq qator kamchiliklar aniqlangan.

Qayd etilishicha, gaz ta’minoti korxonalariga yetkazilgan zarar miqdori 1 milliard 350 million so‘mdan ziyodni tashkil etgan.

Qonunbuzarliklar bo‘yicha barcha materiallar huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirilgan. Boshqa holatlarni aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar esa davom etmoqda.

“Belgilangan tartiblarni chetlab o‘tib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etgan ‘Hududgaz Farg‘ona’ GTFning mansabdor shaxslariga nisbatan, ‘Hududgazta’minot’ AJ rahbariyati tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar ko‘riladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Qarshida gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan g‘isht zavodi budjetga salkam 400 million so‘m zarar yetkazgani, DXX esa Samarqandda tabiiy gaz o‘g‘irlash holatlarini aniqla to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют