» » Vasiliy Lomachenko va Teofimo Lopes jang shartnomasini imzoladi (foto)

Vasiliy Lomachenko va Teofimo Lopes jang shartnomasini imzoladi (foto)


Boks bo‘yicha yengil vazn toifasida WBA, WBC va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempioni Vasiliy Lomachenko va IBF kamari sohibi Teofimo Lopes jang shartnomasini imzoladi. Bu haqda Top Rank promouterlik kompaniyasi ma’lum qildi.

Qayd etish joiz, avvalroq Lomachenko va Lopes o‘rtasidagi jang amerikalik sportchining haddan tashqari yuqori bo‘lgan talablari tufayli bekor qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Vasiliy Lomachenko va Teofimo Lopes o‘rtasidagi uchrashuv aslida bahorda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgandi. Shundan so‘ng jangning 17-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Biroq kompaniya hozircha na jang sanasini va na uning o‘tkazilish joyi haqida aniq ma’lumot bergan.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Lomachenko (14-1, 10 KO) faoliyati davomida 15 ta jang o‘tkazib, shularning 14 tasida g‘alabani qo‘lga kiritgan va 1 tasida imkoniyatni boy berib qo‘ygan. 23 yoshli Lopesning (15-0, 12 KO) hisobida esa 15 jang va 15 g‘alaba bor.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют