» » Ko‘ylak rangi, bichimi va mavsumga qarab poyabzal tanlash bo‘yicha tavsiyalar

Ko‘ylak rangi, bichimi va mavsumga qarab poyabzal tanlash bo‘yicha tavsiyalar


Oyoq kiyim zerikarli obrazga o‘ziga xoslik baxsh etishi yoki aksincha noto‘g‘ri tanlansa, didsiz ko‘rinishga sababchi bo‘lishi mumkin. Poyabzalni ko‘ylakka moslashda e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tamiz.

Jiddiy uslubdagi libos bilan

Odatda dress-kod bilan yopiq va poshnasi uncha baland bo‘lmagan poyabzal kiyiladi. Bu borada Jaklin Kennedining kiyinish uslubidan ilhomlanish mumkin. Zamonaviy xonimlardan esa Mishel Obama va Tereza Meydan g‘oya olsa bo‘ladi. Tanlovni yorqin bo‘lmagan ranglar — qora, qaymoq rang, kulrangga qaratish tavsiya etiladi.

Ayollikka urg‘u beradigan ko‘ylak

Latofatli ko‘rsatadigan libos va ko‘ylaklar bilan bir qancha oyoq kiyimlari moslasa bo‘ladi, ayniqsa poshnasi baland bosonojkalar bilan obraz yanada chiroyli ko‘rinadi. Yoki bog‘ich va kamarlari ko‘p bo‘lgan sandallar ham yaxshi variant. Ammo baletka kiyish tavsiya qilinmaydi. Ayni vaqtda aktual bo‘lmagan baletkalar bilan obrazingiz zerikarli va eskicha ko‘rinishi mumkin.

Oqshom liboslari

Uzun oqshom libosi bilan uchli, poshnasi bor tufli kiying. Xohishingizga qarab kiyim rangiga moslang yoki umuman boshqa rangli poyabzal kiyib o‘ziga xos ko‘rining. Masalan, binafsha rang ko‘ylak bilan apelsin rangli yoki moviy rang libos bilan malina rangli tufli kiying. Shuningdek, oqshom liboslarini bosonojkalar bilan ham kiysa bo‘ladi, tilla yoki kumush rang bosonojkalar esa obrazni shoxona ko‘rsatadi. O‘rta va past bo‘yli qizlar poshnasi baland “shpilka” oyoq kiyim kiyish kerak degan qarashdan voz keching.

Baby doll uslubidagi ko‘ylak

Baby doll — belga urg‘u berilgan, etagi keng, maksimal darajada nafosatli ko‘rsatadigan uslub hisoblanadi. Bunday liboslar bilan baletka va “Meri Jeyn” modelidagi tufli kiyish maslahat berilmaydi. Yaxshisi krossovka va keta kiying. Lekin obrazingiz malikalarnikiga o‘xshashi kerakligi fikringizdan qaytmagan bo‘lsangiz, und qalin poshna yoki tanketli bosonojka bilan moslang.

Sovuq kunlarda ko‘ylak bilan qanday oyoq kiyim kiyish kerak?

Vodolazka yoki sviterli trikotaj ko‘ylak sovuq mavsum uchun eng yaxshi variant. Kalta liboslar bilan botfortlar va uzun etik chiroyli turadi yoki Prada, Stella McCartney modellari singari qalin va qo‘pol uslubdagi botinka kiyib trendda bo‘lishingiz mumkin. Botinkani qalin kolgotka bilan kiyish kerak bo‘ladi.

Ko‘ylak bilan poshnasiz poyabzal tanlash

Ko‘ylaklarni poshnali oyoq kiyim bilan kiyish kerak degan tushunchalar o‘tmishda qolgan. Futuristik uslubdagi krossovka, qalin botinka va harbiylarnikiga o‘xshash etik va “kazaki” bilan obrazingiz boshqalarnikiga o‘xshamas, o‘ziga xos ko‘rinadi.

Oyoq kiyimni ko‘ylak rangiga moslash

Qaymoq rang, qora va oq libosga istalgan poyabzal mos tushsa, rangli liboslar bilan hammasi boshqacharoq.

Ko‘k ko‘ylak bilan

Ko‘k ko‘ylak bilan ko‘k rang tufli kiya ko‘rmang. Obrazingiz zerikarli ko‘rinadi. Tilla yoki boshqa metall rangli poyabzallarga e’tiboringizni qarating.

Qizil ko‘ylak bilan

Qizil ko‘ylak bilan hamma singari oq yoki qora poyabzal kiymang. Och jigarrang va och qahva rang tufliga e’tiboringizni qarating.

Yashil ko‘ylak bilan

Yashil rangli ko‘ylak bilan sariq, olovrang, binafsha va tillarang poyabzal kiying. Atlas matoli libos bilan zamshli, yaltiramaydigan matoli ko‘ylak bilan boshqa istalgan matodan ishlangan poyabzalni kiying. Yorqin rangli libos bilan butkul yoki yarmi shaffof bo‘lgan uchli tufli o‘ziga xos ko‘rinishingizga sababchi bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют