» » Senat Samarqandda eri xo‘rlagan va majburlab pampers yedirgan ayol bilan bog‘liq holatni nazoratga oldi

Senat Samarqandda eri xo‘rlagan va majburlab pampers yedirgan ayol bilan bog‘liq holatni nazoratga oldi


Avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida eri tomonidan ayovsiz kaltaklanayotgani aks etgan ayol videosi tarqalib ketgan, keyinchalik zo‘ravon er qo‘lga olingani xabar berilgan edi. Oliy Majlis Senati ushbu ayol bilan bog‘liq holat nazoratga olinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda jabrlangan ayolga Samarqand shahar IIB tomonidan himoya orderi berilgan va u maxsus markazga farzandlari bilan birga joylashtirilgan.

“Markazda malakali psixologlar jalb qilinib, psixologik yordam berilyapti, shuningdek, M. to‘liq tibbiy ko‘rikdan ham o‘tkazilgan. Barcha zarur dori vositalari olib berilib, sog‘lig‘ini tiklashi uchun yordam ko‘rsatilmoqda. Hozirgi kunda jabrlanuvchi mazkur maxsus markazda 2 nafar farzandi bilan yashab kelmoqda”, — deyiladi Senat xabarida.

Shuningdek, bildirilishicha, ayol va uning ikki nafar farzandi Samarqand shahar IIB tomonidan himoyaga olinib, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hozirda uning turmush o‘rtog‘iga nisbatan Samarqand shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan. Tegishli idoralarga ushbu masala qonuniy ko‘rib chiqilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют