» » AQShda Ikkinchi jahon urushi davriga oid noyob qiruvchi samolyot sotuvga qo‘yildi

AQShda Ikkinchi jahon urushi davriga oid noyob qiruvchi samolyot sotuvga qo‘yildi


Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli Amerikaning P-82 Mustang qiruvchi samolyoti 12 million dollar evaziga erkin savdoga chiqarildi, deb xabar beradi Popular Mechanics.

P-82 Mustang’ning o‘ziga xosligi noyob konsturksiyasida — aslida u ikkita P-51 Mustang qiruvchi samolyot. Ular bitta uchish apparatini hosil qilish uchun bir-biriga payvand qilingan. Qo‘shma Shtatlarda uchishga qodir bu turdagi samolyotdan bitta nusxa qolgan.

Mazkur qiruvchi samolyotni yaratish harbiy operatsiyalar vaqtida uzoq masofaga uchish uchun kerak bo‘lgan. Natijada ikkita dvigatel, katta yoqilg‘i zaxirasi va ikkita boshqaruv kabinasiga ega P-82 paydo bo‘lgan. Shu sabab uchuvchilar charchganida o‘z vazifalarini bo‘lishib olishlari mumkin bo‘lgan. Keyingi versiyalarda esa ikkinchi kabina radiolokatsion tizim bilan jihozlangan.

Bu kabi qiruvchi samolyotdan jami 250 nusxa yasalgan. Apparat 44-83887 seriyali raqamga ega bo‘lib, Packard 1650 dvigateli va yangi parraklar o‘rnatilgan. Samolyot korpusi metall rangiga bo‘yalgan, interyeri asliga mos. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda GPS tizimi va transponder bilan jihozlangan.

Mavzuga doir: Germaniyada noyob “parvoz qiluvchi” yuk mashinasi sotuvga qo‘yildi

Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida Uzbekistan Airways kompaniyasi “Mi-8MTV-1” rusumli ikkita vertolyotni, “TV3-117 VM” rusumli sakkizta va “VSU AI-9V” rusumli uchta aviatsion dvigatelni sotuvga qo‘ygan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют