» » Surxondaryoda katta tezlikda ketayotgan Cobalt ag‘darilib ketdi. Haydovchi tan jarohati oldi, yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi

Surxondaryoda katta tezlikda ketayotgan Cobalt ag‘darilib ketdi. Haydovchi tan jarohati oldi, yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi


Surxondaryo viloyatida katta tezlikda ketayotgan Cobalt haydovchisi YTHga uchrab 34 yoshli yo‘lovchining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 6-sentabr kuni soat 20:20 larda 43-yoshli M.B. Cobalt’ni Sherobod tumani “Vandob” mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy ichki yo‘lda “Vandob” mahallasidan “Chorbog‘” mahallasiga qarab katta tezlikda harakatlanib ketayotganida boshqaruvni yo‘qotgan va mashina yo‘lning chap tomon chekkasiga chiqib, ag‘darilib ketgan.

Oqibatda avtomashinada bo‘lgan 34-yoshli yo‘lovchi Sh.S. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Haydovchi esa yengil tan jarohati olib tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi sodir etilishiga mahalliy yo‘lga shag‘al tosh yotqizilgan joyda tezlikni oshirib haydaganligi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Holat yuzasidan Sherobod tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют