» » Buxoroda to‘yga ketayotgan Toyota’ning YTHga uchrashi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Buxoroda to‘yga ketayotgan Toyota’ning YTHga uchrashi oqibatida 2 kishi vafot etdi


Buxoro viloyati Romitan tumanida Toyota avtomobilida to‘yga ketayotgan fuqaro boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 4-sentabr kuni soat 07:00 da 29 yoshli K.A. Toyota avtomobilini A-380 Xorazm—Buxoro yo‘li bo‘ylab boshqarib, mazkur yo‘lning Romitan tumani hududidan o‘tgan 324-kilometriga yetganida to‘satdan boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada mashina yo‘lning chap tomoniga chiqib ketgan va ag‘darilib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

YTH oqibatida avtomashina haydovchisi K.A. va 33 yoshli yo‘lovchi S.M. hodisa joyida vafot etgan, salonda bo‘lgan ikkinchi yo‘lovchi 36 yoshli Sh.R. og‘ir tan jarohati olib, tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют