» » “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Prezident qarori bilan tugatilmoqda

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Prezident qarori bilan tugatilmoqda


“Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar bergan.

Qaror bilan “O‘zbekoziqovqatxolding” XK tugatilmoqda. “O‘zbekoziqovqatxolding” XKni tugatish komissiyasi tuzilgan.

Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

Shuningdek, qarorga muvofiq, 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan Sanoatbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish dasturi tuziladi.

Kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar asosida 2021/22-o‘quv yilidan boshlab, respublika OTMlarining “Oziq-ovqat texnologiyasi” hamda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kabi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Avval Prezident farmoni va qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda kadastr organlari Davlat soliq qo‘mitasi tizimiga o‘tkazilgan va “Yermulkkadastr” davlat korxonasi negizida Davlat kadastrlari palatasi tashkil etilishi belgilangandi.

2020-yiling iyul oyida “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan va unda “O‘zbekoziqovqatxolding”ning tugatilishi, kompaniya tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning ustav jamg‘armalaridagi davlat aksiya (ulush)lari balans qiymati bo‘yicha bepul Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishi belgilangandi.

Bundan avval 2019-yil 30-yanvar kuni ham “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tugatilishi haqida xabar berilgan. Kompaniya o‘rniga ushbu sohada o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilot tuzish bo‘yicha takliflar kiritilishi ko‘zda tutilgandi. “O‘zbekoziqovqatxolding” 2016-yilda tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют