» » Sirdaryoda hojatxona qog‘ozi olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

Sirdaryoda hojatxona qog‘ozi olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi


Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hududida 8-sentabr kuni hojatxona qog‘ozi olib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 8-sentabr kuni soat 15:20 da Toshkent — Dushanbe xalqaro avtomagistralining 83-kilometrida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, “KamAz” rusumidagi yuk avtomobili bortida olib ketilayotgan hojatxona qog‘ozi kutilmaganda yonib ketgan. Uch daqiqa ichida hodisa joyiga hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv xizmati xodimlari yetib kelgan va 10 daqiqa ichida yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etgan.

Ta’kidlanishicha, qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yukning yarmini saqlab qolishga erishildi. Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 02:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют