» » Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i Hamza Fayziyev koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda marhumning hamkasblariga tayanib, “Xabar.uz” xabar berdi.

“Hamza Fayziyev fidoyi xodim sifatida tilga tushgan prokurorlardan edi. Tizimning eng quyi pog‘onasidan to markaziy mahkamasigacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni matonat bilan bosib o‘tgan”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Qamoqqa olinganlarni saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etishi ustidan nazorat bo‘yicha Qarshi prokurori Dehqonboy Abdullayev ikki tomonlama interstitsial pnevmoniya oqibatida, Toshkent viloyati prokuraturasi katta tergovchisi Turg‘un Kamolov koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 362 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 376 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют