» » O‘zbekistonda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan subsidiya oluvchi shaxslar toifasi kengaytirildi

O‘zbekistonda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan subsidiya oluvchi shaxslar toifasi kengaytirildi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar qildi.

Buyruq Prezidentning 2020-yil 18-maydagi “Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4716-son va 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4759-son qarorlariga muvofiq tayyorlangan.

Qayd etilishicha, hujjat bilan O‘zbekiston Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2019-yil 31-mayda 3163-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

2-banddan 5 va 6-xatboshilar chiqarib tashlanib, u quyidagi mazmundagi 2-1 va 2-2-bandlar bilan to‘ldirilmoqda:

2-1. Prezidentning PQ-4716-son qaroriga muvofiq subsidiyalar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:

a) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi (ABKM), yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:

b) qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun – BHMning 10 baravarigacha. Bunda:

2-2. Prezidentning PQ-4759-son qaroriga muvofiq “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun – har bir dastgoh uchun BHMning 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.

36 va 37-bandlardagi “band bo‘lmagan” degan so‘zlar “ishsiz, kam ta’minlangan va kambag‘al oilalar a’zosi bo‘lgan” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

38-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

O‘rganish natijasiga ko‘ra murojaat qilgan shaxs band bo‘lmagan hollarda unga uning tomorqa yeriga mos keladigan yengil konstruksiyali issiqxona o‘rnatish va (yoki) urug‘liklar, ko‘chatlar yoxud sug‘orish vositalari xarid qilinishi bo‘yicha ABKMning mas’ul xodimi yetkazib beruvchi tashkilot, ABKM va tomorqa yer egasi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzish choralarini ko‘radi. Bunda tomorqa yer egasining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bitta oila uchun quyidagi yo‘nalishlardan biri uchun uch tomonlama shartnoma tuzadi:

Buyruq bilan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritildi.

Hujjat 2020-yil 26-avgustda kuchga kirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют