» » Namanganda ikki erkakni do‘pposlagan qiz sha’nini himoya qilganini aytmoqda. U taekvondo va volontyorlik bilan shug‘ullanadi

Namanganda ikki erkakni do‘pposlagan qiz sha’nini himoya qilganini aytmoqda. U taekvondo va volontyorlik bilan shug‘ullanadi


Namanganda ikki nafar erkakni do‘pposlagan qiz sha’nini himoya qilganini aytmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar berdi.

Gulsanam Alijonovaning aytishicha, voqea 2020-yil 25-iyun kuni sodir bo‘lgan.

— Andijonga turmushga chiqqan opamni kuzatgani borgandim. Qo‘limda uning 10 oylik chaqalog‘i, sumkalari bor edi. Opam taksichi bilan gaplashayotgandi. Shu payt yonimizga Spark mashinasi yaqinlashdi. Uning ichidagi yigitlardan biri futbolka va shortikda bo‘lganim uchun masxaromuz qiliq qildi. Qilig‘iga yarasha javob berdim. Shunda u so‘kinib o‘tib ketdi, buni opam ham eshitdi. Gaplashilayotgan taksi mashinasida ortidan yetib bordik. So‘kingan yigitning oldiga borib, tortishib tursak, futbolkamga yopishdi. Shundan keyin olatasir boshlanib ketdi. Ulardan biri go‘yo bizni ajratmoqchi bo‘lib, menga qapishib oldi, unga ham javob qaytardim. Xullas, ularning ikkisi ikki tomonga qarab ketdi.

Taksining oldiga qaytib borsak, mashinada qolgan yigitlar haydovchini o‘rtaga olib, do‘pposlayotgan ekan. Bizni ko‘rib, mashinaga o‘tirib, ketib yuborishdi. Opam bo‘lgan holatni telefoniga olgandi. Taksichi aka “buni bo‘lgan ishning guvohligi sifatida jiyanimga ham o‘tkazib bering” degandi. Shundan so‘ng video tarqalib ketdi, — deydi Gulsanam.

Gulsanam 23 yoshda, hozirda Namangan davlat universitetining jismoniy madaniyat yo‘nalishi sirtqi bo‘limida, 3-bosqichda tahsil oladi. Oilada 6 nafar farzandning kenjasi. Boks, karate bilan shug‘ullangan. Ikki yildan beri taekvondo WTF bo‘yicha mashg‘ulotlarga qatnab keladi. Shu yo‘nalishda O‘zbekiston birinchiligi sovrindori, Namangan open turniri g‘olibi. 2020-yil bahor oyida Turkiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqa ishtirokchisi.

— Sportchiman, men hozirda shug‘ullanayotgan sport turi aslida sovuqqonlikka, o‘zini iroda qilishga o‘rgatadi. Lekin oyimdan ketib so‘kinishlariga chidolmadim. Onam o‘zi anchadan beri xastalikdan qiynaladilar, shu botdi shekilli, — deydi Gulsanam.

Gulsanam keyingi paytlarda volontyorlikda ham  o‘zini sinab ko‘rmoqda. Norin tumani homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazida murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, oziq-ovqat mahsulotlarini ehtiyojmand oilalarga yetkazish bilan mashg‘ul bo‘lgan.

— Hisoblab ko‘rsam, pandemiya boshlanganidan beri tumandagi 500 ga yaqin xonadonga kirib chiqibman. Bunday ezgu ishlardan, ko‘pchilikka nafim tegayotganidan, ularning duolarini olayotganimdan quvonaman. Faqat mana bu bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz ishlar meni ham, uydagilarni ham ancha toliqtirdi, — deydi u.

Eslatib o‘tamiz, hozirda mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan G.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:Namanganda ikki erkakni do‘pposlagan 23 yoshli qizga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют