» » Moskvada ko‘ngillilarni COVID-19’ga qarshi emlash boshlandi

Moskvada ko‘ngillilarni COVID-19’ga qarshi emlash boshlandi


Rossiya poytaxti Moskva shahrida dastlabki ko‘ngillilar COVID-19 kasalligiga qarshi vaksinani qabul qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Bugun Moskvada ro‘yxatdan o‘tkazishdan keyingi tadqiqotlar doirasida shahar aholisini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash boshlandi. Ilk ishtirokchilar poytaxtdagi muassasalarda emlandi”, — deya ma’lum qilgan Moskva merining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova.

Vaksinani qabul qilish uchun allaqachon 35 ming kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina qabul qilishni xohlovchilar soni har kuni ko‘paymoqda. “Aytish mumkinki, biz ajiotajni ko‘ryapmiz. 35 mingdan ortiq moskvalik ariza bergan. Hozir poytaxtda koronavirusga qarshi vaksina sinovi oltita muassasada o‘tkazilmoqda. Keyinroq ularning soni 20 taga yetadi”, — deya ma’lum qilgan mer o‘rinbosari.

Anastasiya Rakova ko‘ngillilarni emlashning birinchi bosqichi ahamiyatini ta’kidlab o‘tgan. “Bugun nafaqat shahar, balki butun mamlakat uchun muhim kun. Bu bizni vaksinani har bir kishi olishi mumkin bo‘lgan vaqtga yaqinlashtiradi”, — dedi Rakova.

Emlash ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda ko‘ngillilarga vaksinaning bir qismi yuboriladi, 21 kundan keyin esa ikkinchi qismi beriladi. Vaksina qismlari ularning tarkibiga kiradigan moddalari bilan farq qiladi — bu organizmning immunitet himoyasini oshirish uchun qilingan.

Moskva hukumati va Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Gamaleya nomidagi milliy tadqiqot markazi shahar aholisini koronavirusga qarshi vaksinaning ro‘yxatdan o‘tkazishdan keyingi klinik sinovlarida ishtirok etishga taklif qilmoqda. Sinovlarda 40 ming kishining ishtirok etishi rejalashtirilgan, emlash bepul o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan va “Sputnik V” deb nom olgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini oldi. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Ushbu vaksina sinovining 3-bosqichini 2022-yil oxirlariga borib yakunlanishi ma’lum qilingan. 3-bosqichida ishtirok etadigan o‘n minglab ko‘ngillilar barcha zarur muolajalarni ambulatoriya sharoitida o‘taydi.

Mavzuga doir: Dmitriy Peskov Putinning koronavirusga qarshi vaksinatsiyadan o‘tish imkoniyatini baholadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют