» » Toshkentda 9-sentabr kuni qayta ta’mirlangan 4 ta maktab foydalanishga topshirildi

Toshkentda 9-sentabr kuni qayta ta’mirlangan 4 ta maktab foydalanishga topshirildi


Toshkent shahrida 9-sentabr kuni Bektemir, Sergeli, Shayxontohur hamda Uchtepa tumanlarida investitsiya dasturi asosida ta’mirlangan to‘rtta umumta’lim maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Tadbirda Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi, mahalliy hokimlik vakillari o‘quvchi hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Ma’lum qilinishicha, zamon talablari asosida mukammal ta’mirdan chiqqan mazkur maktablarda 5 mingdan ziyod o‘quvchining sifatli ta’lim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Maktablarda axborot texnologiyalari xonasi, to‘garak xonalari, kimyo, biologiya, fizika laboratoriya xonalari, o‘g‘il va qiz bolalar uchun texnologiya xonalari, musiqa xonasi, kutubxonalar faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida elektron kutubxona, tibbiyot hamda tish shifokori xonasi, faollar zali, oshxona, sport zallari mavjud.

Qayd etilishicha, maktablar “Zamonaviy maktab” dasturi asosida tubdan yangicha qiyofaga keltirilib, fasad qismidan tortib, ichki, kommunal va issiqlik tizimlarigacha zamonaviy ta’mirlash ishlari olib borildi hamda butunlay yangicha jihozlar bilan ta’minlangan.

Maktablarda fan xonalaridan tashqari o‘quvchilarning turli hunarlarni o‘rganib chiqishi uchun pazandachilik, sartaroshxona, raqs to‘garagi, milliy kurash kabi xonalari mavjud.

Ta’mirdan chiqqan maktablar:

Mazkur maktablar 14-sentabrdan o‘quvchilarni qabul qiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi” qachon topshirilishi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют