» » Toshkentda sobiq IIBB xodimi mashinada urib ketishi oqibatida vafot etgan bolaning otasi YTH yuz bergan joyga yangi yo‘l belgisi o‘rnatdi

Toshkentda sobiq IIBB xodimi mashinada urib ketishi oqibatida vafot etgan bolaning otasi YTH yuz bergan joyga yangi yo‘l belgisi o‘rnatdi


Toshkent shahar Yunusobod tumanida 24-avgust kuni Ichki ishlar bosh boshqarmasining sobiq xodimi mashinada urib ketishi oqibatida vafot etgan ikki yoshli bolaning otasi Yevgeniy Chexovskiy yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydagi yo‘l-yo‘l chiziqni yangiladi va yo‘l belgisini yangisiga almashtirdi. Endi u kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘limlarning oldini olish maqsadida mazkur joyga svetofor o‘rnatish uchun odamlarning imzolarini yig‘moqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

24-avgust kuni, taxminan, soat 01:10 da Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasida Cobalt avtomobili haydovchisi 31 yoshli Tohirxo‘ja A. piyodalarning tartibga solinmagan o‘tish joyidan onasi bilan o‘tayotgan yosh bolani urib yuborgan. YTH oqibatida ikki yoshli T.Ch. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Bolakay 24-avgust kechasi olingan tan jarohatlari oqibatida kasalxonada vafot etgan.

Poytaxt IIBB xabarida aytilishicha, YTHni sodir etgan haydovchi Toshkent shahar IIBB sobiq xodimi bo‘lib, shahodatlash komissiyasidan o‘tmagach, rahbariyatning buyrug‘i asosida 2020-yilning 20-avgust kuni ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan. Mazkur holat bo‘yicha Yunusobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

YTHdan ikki hafta o‘tgach vafot etgan bolaning otasi Yevgeniy Chexovskiy hodisa sodir bo‘lgan joyga piyodalar o‘tish joyini ko‘rsatuvchi yangi belgi o‘rnatishga qaror qildi. Erkak Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “O‘zavtoyo‘lbelgi” korxonasi vakillarining yordami bilan yo‘ldagi chiziqlarni yangiladi va endi bu joyga svetofor o‘rnatilishiga erishmoqchi.

Vafot etgan bolakay Timurning otasi ma’lum qilishicha, uning o‘g‘li mashina zarbasidan 45 metrga uchib ketgan, bu esa uning bosh miyasida og‘ir jarohatlarni keltirib chiqargan.

“Bosh miyaning yuqori qismi mayda bo‘laklarga bo‘linib ketgan. Bizga aytishdiki, miyaning ichida katta gematoma hosil bo‘lgan, hayot uchun xavfli bo‘lgan jarohat darajasi 95 foizni tashkil qilgan. Yashab qolishi uchun atigi bir foiz imkoniyat qolgandi. Biz ana shu foizga ishondik. Operatsiya taxminan besh soat davom etdi. Bosh miya suyagining 18 foizi olib tashlandi, keyin esa u uchinchi darajali komaga tushdi. 4 soatdan keyin u vafot etdi”, — deya ma’lum qilgan Yevgeniy Chexovskiy.

Bolaning onasi avtomobil zarbasidan keyin miya chayqalishi, chap quloq og‘irligi, ko‘krak qafasi zararlanishi, shilinish, urilish va kesilish jarohatlarini olgan.

Yevgeniy Chexovskiyning fikricha, tartibga solinmagan o‘tish joyida svetoforning bo‘lishi YTHning oldini olishi mumkin edi.

Erkak shahar hokimiyatining reaksiyasini kutmasdan, “O‘zavtoyo‘lbelgi” korxonasi vakili Mirzaniyoz Mahmudovdan yo‘l chiziqlarini yangilashda yordam berishni iltimos qildi. Bu yerda mavjud bo‘lgan yo‘l-yo‘l chiziqlar deyarli o‘chib ketgandi.

Bundan tashqari, “O‘zavtoyo‘lbelgi” erkakka mazkur joyga o‘rnatish uchun yorug‘lik qaytaruvchi “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisini taqdim etgan. Avval bu joyda yorug‘likni qaytaruvchi elementlari bo‘lmagan eski uslubdagi belgi mavjud edi.

“Agar biz o‘zimiz kirishmaganimizda, buni hech kim qilmagan bo‘lar edi. Na mahalla, na tuman IIB xodimlari va na shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi — hech kim bizga murojaat qilmadi, qanday yordam kerakligini so‘ramadi. Hech kim kelib, belgini yangilashni xohlamadi. Reaksiya — nol ”, — deydi Yevgeniy Chexovskiy.

Endi vafot etgan bolaning otasi Yunusota ko‘chasidagi yaqin atrofdagi uylarning aholisi bilan birgalikda svetofor o‘rnatish uchun imzo yig‘moqda.

“Shuningdek, belgi shoxlar bilan to‘silgan edi. Ushbu shoxlarni kesib tashladik, belgini o‘rnatdik, o‘tish joyi chiziqlarini yangiladik. Biz o‘zimizning vakolatimizga kirmaydigan ishni qildik, bunday qilmasligimiz kerak edi. Ammo endi biz bu yerda tugma bilan jihozlangan svetofor qo‘yish to‘g‘risida Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga xat yozmoqdamiz. Odamlar xavfsiz tarzda yo‘lni kesib o‘tishlari uchun”, — dedi erkak.

Ko‘chaning bevosita atrofida bir nechta maktab, bolalar bog‘chalari va muhandislik kolleji mavjud.

“Yo‘lda qatnov juda ko‘p. Ikkala tomonda maktablar, bolalar bog‘chalari, muhandislik kolleji ... Yo‘lning ushbu qismida juda ko‘p yo‘l-transport hodisalari yuz beradi. Xotinim va farzandim piyodalar o‘tish joyi bo‘ylab yo‘lni yorug‘ joyda kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Ammo o‘tish joyidagi chiziqlar juda sifatsiz bo‘yoq bilan chizilgan edi, buni ko‘rish qiyin edi. Haydovchilarning hech biri bunday tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylariga e’tibor bermaydi”, — dedi erkak.

Yevgeniy Chexovskiyning so‘zlariga ko‘ra, svetofor, “Tezlik chegarasi 50 km/soat” belgisi va qoidabuzarliklarni qayd etish va avtomatlashtirilgan videokuzatuv tizimi o‘rnatilishi kelajakda o‘limlarning oldini oladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 03:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют