» » O‘zbekistonda himoya orderi berilgan ayolning turmush o‘rtog‘iga quroldan foydalanish huquqi taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda himoya orderi berilgan ayolning turmush o‘rtog‘iga quroldan foydalanish huquqi taqiqlanishi mumkin


Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining yig‘ilishida ba’zi qonun hujjatlariga kiritilishi kutilayotgan qo‘shimchalar xususida so‘z yuritildi.

“O‘zbekistonda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan saqlash bo‘yicha himoya orderi berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Tazyiq yoki zo‘ravonlikka uchragan ayolga himoya orderi berilgani bilan, uning talablarini bajarmaganlarga ko‘riladigan javobgarlik yo‘q. Endilikda order talablarini buzgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Tazyiq yoki zo‘ravonlikka uchragan ayol o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun fuqarolik sudiga murojaat qiladigan bo‘lsa, u sud bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Shuningdek, himoya orderi berilgan ayolning turmush o‘rtog‘iga quroldan foydalanish huquqi taqiqlanadi”, — dedi qo‘mita raisi, senator Botir Matmuratov 8-sentabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda.

Ushbu qo‘shimchalar Senatning 11-sentabr kuni o‘tkazilishi kutilayotgan 7-yalpi majlisida ma’qullanishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan qariyb 1500 nafar ayolga himoya orderi berildi

Himoya orderi – tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanishiga sabab bo‘ladigan hujjat hisoblanadi.

Himoya orderi berish tartibi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunda belgilab qo‘yilgan.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda himoya orderi berilgan xotiniga zo‘ravonlik qilgan er 15 sutkaga qamaldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 04:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют