» » O‘zbekistondagi mahallalarning 61 foizida yanvar—iyul oylarida birorta jinoyat sodir bo‘lmadi

O‘zbekistondagi mahallalarning 61 foizida yanvar—iyul oylarida birorta jinoyat sodir bo‘lmadi


O‘zbekistonda 2020-yilning yetti oyi davomida mavjud mahallalarning 61 foizida umuman jinoyat sodir etilmadi, jinoyatlar qayd etilgan ayrim mahallalarning profilaktika inspektorlari esa jazolandi. Bu haqda IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Baxtiyor Berdialiev “Daryo” muxbiri Xonzodabegim A’zamovaga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning yanvar—iyul oylari mobaynida O‘zbekistondagi jami 9 145 ta mahallaning 5 576 tasi — 61 foizida umuman jinoyat sodir etilmagan. Polkovnik Berdialievning ta’kidlashicha, jinoyat sodir etilgan 3 569 ta mahalla profilaktika inspektorlari faoliyati ko‘rib chiqilib, jinoyatchilikka qarshi faol kurashganlarga yana imkon berilgan, qolganlar esa jazolandi.

“Bizda maxsus jamg‘arma bor. O‘zi biriktirilgan hududda jinoyat yuz bermagan, yuklatilgan vazifalarni vaqtida bajargan profilaktika inspektorlari har uch oyda bir marta rag‘batlantirib boriladi.

Faol ishlamasa, rag‘batlantirish olmaydi. Mahallasida jinoyatlar sodir bo‘laversa, uning ishda qolishi yoki qolmasligi masalasi ko‘riladi. Belgilangan talablarga javob bermagan profilaktika inspektori ishdan ketadi.

Faoliyati qoniqarsiz deb topilgan inspektor boshqa hududga o‘tkazilmaydi — ishini eplay olmagan xodim o‘sha joydayoq ishdan ketadi”, — deya qo‘shimcha qildi Baxtiyor Berdialiev.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 05:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют