» » BMT: Hech bir mamlakat gender tengligi tamoyillarini joriy eta olmadi

BMT: Hech bir mamlakat gender tengligi tamoyillarini joriy eta olmadi


Dunyoning biror-bir mamlakati 25 yil avval qabul qilingan Xotin-qizlar huquqlari to‘g‘risidagi Pekin deklaratsiyasi tamoyillarini to‘liq bajarishga yaqinlashmadi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasi gender tengligi sohasidagi eng muhim xalqaro hujjatlardan biri hisoblanadi. Unda tanlov erkinligi va imkoniyatlar tengligi tamoyillari mustahkamlangan. Deklaratsiyada, xususan, barcha ayollar zo‘ravonliksiz yashash, ta’lim olish va erkaklar qatori teng ish haqi olish huquqiga ega ekanligi ta’kidlanadi.

“(Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasida mustahkamlangan) mazkur reja faqat qisman amalga oshirildi. Biz hali ham erkaklar hukmronlik qiladigan dunyoda yashayapmiz, madaniyatimiz hanuzgacha erkaklarga yo‘naltirilgan va bu vaziyat o‘zgarishi kerak”, — dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish.

BMTda dunyo hukumat vakillari va rahbarlarining faqatgina 25 foizini ayollar tashkil etishi eslatib o‘tildi. Parlament a’zolarining 75 foizi va rahbarlarining 73 foizi hanuzgacha erkaklardir.

2020-yil koronavirus pandemiyasi tufayli ayollarning ahvoli yomonlashdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya yana 47 million ayolni qashshoqlik chegarasiga olib keladi.

Mavzuga doir: Pandemiya ayollar orasida qashshoqlikni kuchaytirishi ma’lum qilindi

“Bilamizki, ayollar oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha ko‘p vazifalarni o‘z zimmalariga olishadi; ular kamroq ish haqi oladilar, odatda ular doimiy ish joylarida ishlamaydilar”, — deya ta’kidladi BMTning Ayollar bo‘limi rahbari Fumzile Mlambo-Ngkuka.

BMT barcha mamlakatlarni Pekin deklaratsiyasi tamoyillarini amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini kuchaytirishga hamda ayollar va qizlarning ahvolini yaxshilash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga chaqirdi. 1-oktabr kuni BMT Bosh assambleyasining yaqinlashib kelayotgan sessiyasi doirasida dunyo rahbarlari ishtirokida shu mavzuga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini har tomonlama ta’minlashga qaratilgan 20 ga yaqin normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Xususan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi bu boradagi huquqiy asoslarni mustahkamladi.

2019-yilning mart oyida BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida BMTning Xotin-qizlar holati bo‘yicha komissiyaning 63-sessiyasida O‘zbekistonning ayollar borasidagi davlat siyosati yuqori baholangan.

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisi Senatida yangi – Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha qo‘mita tuzishni taklif etgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют