» » Buxoroda 306 mln so‘mlik kislorod ishlab chiqaruvchi uskunani o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Buxoroda 306 mln so‘mlik kislorod ishlab chiqaruvchi uskunani o‘g‘irlagan shaxs ushlandi


Buxoroda 306 million so‘mlik kislorod ishlab chiqaruvchi uskunani o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning yanvar oyidan 27-iyul kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Vobkent tumani “Rabotoxun” MFY da joylashgan kislorod ishlab chiqarish shoxobchasida o‘rnatilgan kislorod ishlab chiqarish uskunasini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan. Ushbu uskuna narxi 306 million 312 ming so‘m bo‘lib, 64 yoshli I.A.ga tegishli bo‘lgan.

Holat yuzasidan Vobkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida jinoyatni 50 yoshli A.I. sodir etganligi aniqlanib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. O‘g‘irlangan uskuna esa Xorazm viloyati Urganch shahrida faoliyat olib borayotgan MChJ hududida ekanligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют