» » Foto: “Kapalak qanotli” yangi Maserati superkari

Foto: “Kapalak qanotli” yangi Maserati superkari


Maserati kompaniyasi MC20 o‘rta motorli superkarining ilk rasmiy suratlarini e’lon qildi. Model o‘z premyerasidan bir kun oldin oshkor etilgan, deb xabar beradi Motor.

Yangi flagman model kompaniya 2004—2005-yillarda ishlab chiqargan MC12 superkarining avlodiga aylanadi. Maserati MC20 kuzovi alyuminiy va kompozit materiallardan ishlangani sabab o‘rta motorli kupening og‘irligi 1470 kilogrammga tushirilgan.

Yangi superkarning o‘ziga xos jihatlaridan biri uning eshiklari — “kapalak qanotlari”. MC20 interyeri karbon va alkantaradan ishlangan. Salonga raqamli qurilmalar paneli va multimediani boshqaruvchi markaziy monitor o‘rnatilgan. Bundan tashqari, kupe transmissiyani boshqaruvchi tugmali tizim, shuningdek, harakat rejimini tanlashga mo‘ljallangan shayba bilan jihozlangan.

MC20 kapoti ostidan 630 ot kuchiga ega (730 Nm) 3,0 litrli V6 dvigateli o‘rin olgan. Superkar agregati sakkiz pog‘onali robot uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Kupe soatiga 100 kilometr tezlikka 2,9 soniyada, 200 km/soat tezlikka esa sakkiz soniyada erishadi. Maksimal tezligi soatiga 325 kilometrni tashkil etadi.

Bundan tashqari, flagman superkari elektromotorli modifikatsiyada ham taqdim etiladi.

Mavzuga doir: AQShdagi omborlarning biridan noyob Maserati topildi. U 2 mingdan kamroq nusxada ishlab chiqarilgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 12:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют