» » Aleksey Navalniy zaharlanganidan so‘ng to‘liq o‘ziga keldi

Aleksey Navalniy zaharlanganidan so‘ng to‘liq o‘ziga keldi


Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy Berlindagi “Sharite” klinikasida sun’iy koma holatidan chiqarilganidan so‘ng to‘liq o‘ziga keldi, deb yozadi The Insider.

Nashrning yozishicha, muxolifatchining sog‘lig‘i bu kabi vaziyatda kutish mumkin bo‘lgan holatdan yaxshi. Navalniy hatto zaharlanishidan oldin sodir bo‘lgan voqealarni ham eslay olgan.

Shifokorlarning fikricha, Navalniyning ruhiy holati deyarli to‘liq tiklangan, jismoniy holatini ham 90 foiz tiklashga muvaffaq bo‘lingan. Shifokorlarning aytishicha, Navalniy uchuvchi samolyotni zudlik bilan Omskka qo‘ndirgani, shuningdek, unga aeroportdayoq atropin yuborilgani sabab omon qolgan.

Hozirda Navalniyning oldiga tashrif buyuruvchilarning kirishiga ruxsat berilgan (bunga qadar uning oldiga faqat shifokorlar va rafiqasi kirib chiqishi mumkin bo‘lgan). Biroq siyosatchi bilan uchrashish uchun uch bosqichli qo‘riqlash tizimidan o‘tish kerak. “Sharite” gospitali qo‘riqlash tizimi Navalniy barchasini eslay olishi aniq bo‘lganidan so‘ng yanada kuchaytirilgan.

The Insider ma’lumotlariga ko‘ra, nemis maxsus xizmatlari Navalniyga tug‘dirilishi mumkin bo‘lgan nafaqat jismoniy xavflardan, balki “Sharite” klinikasi nomini bulg‘ovchi dezinformatsiya hujumiga ham tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Mavzuga doir: Germaniya Navalniyning zaharlanishiga oid ma’lumotlarni Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotiga yubordi. Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiyaga taqdim etilmaydi

Eslatib o‘tamiz, 2-sentabr kuni Germaniya hukumati Navalniy Rossiyada “Novichok”ga o‘xshash modda bilan zaharlanganini ma’lum qilgan. Siyosatchi davolanayotgan “Sharite” klinikasi shifokorlarining so‘roviga binoan o‘tkazilgan testlar natijalaridan shunday xulosaga kelingan.

Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya hukumati Navalniy zaharlanishi bilan bog‘liq jiddiy savollarga javob berishi kerakligini aytdi. Muxolif siyosatchiga qilingan suiqasd Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiyani ham g‘azablantirdi. London Navalniyga nisbatan kimyoviy qurol qo‘llanilishini “ablahona ish” deb atadi. Vashington aybdorlarga nisbatan moliyaviy cheklovlar qo‘llashga va’da berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют