» » O‘zbekistonning barcha hududlarida binolarning issiqlik himoyasi oshiriladi

O‘zbekistonning barcha hududlarida binolarning issiqlik himoyasi oshiriladi


Vazirlar Mahkamasining “2020—2022-yillarda respublikaning barcha hududlarida binolarning issiqlik himoyasini oshirish va respublikadagi qozonxonalarda suv isitish uchun energiya samarador quyosh tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha maqsadli dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlanadi:

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda:

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisob-kitoblari taqdim etilishiga qarab dasturlarni amalga oshirish uchun, shu jumladan, namunaviy loyihalar va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishi hamda shaharsozlik hujjatlarini ekspertizasi uchun zarur mablag‘larni xalqaro moliya institutlari va chet el hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli kredit resurslari, xorijiy donorlarning texnik ko‘mak vositalari (grantlarini) jalb qilinishini belgilangan tartibda ta’minlaydi.

Belgilab qo‘yilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlari tasdiqlangan maqsadli dasturning belgilangan muddatlarda qat’iy bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 123) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют