» » Bir oydan beri turistlar uchun ochiq bo‘lgan Turkiyada koronavirus tarqalishi yana avj oldi

Bir oydan beri turistlar uchun ochiq bo‘lgan Turkiyada koronavirus tarqalishi yana avj oldi


Turkiya hukumati 8-sentabr kuni mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika choralari kuchaytirilganini e’lon qildi. Butun mamlakat bo‘ylab jamoat joylarida niqobda yurish majburiy qilib qo‘yildi. Kafe, restoran va mehmonxonalardagi tungi konsertlar taqiqlandi, jamoat transportlarida turgan holda ketishga faqat ijtimoiy masofalanishga rioya qilingan holda ruxsat berildi. Qoidabuzarlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Yangi cheklov choralari e’lon qilingan kunda Turkiyada yana 1761 kishida koronavirus aniqlangan — bu may oyi boshlaridan beri mamlakatda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich. Bundan tashqari, Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘janing ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirusning og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlar soni ortmoqda. “Mazkur vaziyatni birgalikda sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda to‘xtatish mumkin”, — deb yozadi amaldor o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

Ko‘ja o‘tgan hafta Turkiyada COVID-19 bilan kasallanishning ikkinchi to‘lqini eng yuqori nuqtasiga yetganini tan olgandi. U avgust oylarida boshlangan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining ortishiga profilaktika choralariga rioya qilinmayotgani sabab bo‘lmoqda. “Biz dam olish joylari, ko‘ngilochar maskanlar, bozorlar va marosimlarda xavfsizlik choralariga naqadar yomon rioya qilinayotganini afsus bilan kuzatmoqdamiz”, — deydi vazir.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni salkam 285 mingdan kishini tashkil etmoqda. Hozirga qadar mamlakatda 6837 bemor COVID-19 qurboniga aylangan, 254 mingdan ortiq inson sog‘aygan.

Mavzuga doir: Turkiya O‘zbekiston va yana 30 davlatdan bo‘lgan tibbiyot turistlari uchun o‘z chegaralarini ochadi

Eslatib o‘tamiz, avgust oxirlarida O‘zbekiston Turkiya bilan ham sentabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich ravishda muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasini ko‘rib chiqayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Uzbekistan Airways reyslarida O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar parvozdan 72 soat oldin COVID-19’ga PZR usulida olingan test haqidagi ma’lumotnomani rus yoki ingliz tilida taqdim etishlari kerak. Test musbat natija bergan bo‘lsa, yo‘lovchilar parvozga chiqarilmaydi. O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan aviaqatnovlarini qayta tiklash uchun epidemiologik vaziyatga bog‘liq ravishda “qizil”, “sariq” va “yashil” reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют