» » Mahalla tinchligini faqat profilaktika inspektori zimmasiga yuklash qanchalik to‘g‘ri? IIV vakili javob berdi

Mahalla tinchligini faqat profilaktika inspektori zimmasiga yuklash qanchalik to‘g‘ri? IIV vakili javob berdi


Avvallari bir nafar profilaktika inspektori uchtagacha mahallaga mas’ul edi, hozir esa, masalan, Toshkent shahridagi har bir mahallada ikkitadan inspektor shtat birligi bor. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Baxtiyor Berdialiyev “Daryo” muxbiri Xonzodabegim A’zamova bilan suhbatda aytib o‘tdi.

“Daryo” muxbirining: “Bitta mahallada o‘rtacha 5 ming aholi yashasa, tinchlikni ta’minlash, mahalladagi huquqbuzarliklarning oldini olish bitta profilaktika inspektorining o‘ziga og‘irlik qilmaydimi?”, — degan savoliga IIV rasmiysi shunday javob berdi.

“Avvallari bir nafar profilaktika inspektori uchtagacha mahallaga javob berardi, qishloq joylarida esa bir xodim 5-7 minggacha aholiga xizmat qilgan. Lekin hozir bitta inspektorga biriktirilgan aholi soni 3 mingdan ortiq emas. O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil fevral oyidagi farmoniga muvofiq, hozirda har bir mahalla kamida bir nafardan profilaktika inspektori bilan ta’minlangan, Toshkentda esa ikkitadan shtat birligi bor.

Biroq bir tomondan gapingiz to‘g‘ri — mahallaning tinchligi faqat profilaktika inspektorining o‘ziga topshirilgan, bunga faqat u mas’ul, deyish noto‘g‘ri. Joylarda, aholi gavjum nuqtalarda ichki ishlar bo‘limlari, bo‘linmalari tashkil qilingan. Ushbu muassasalardagi xodimlar, tergovchilar, saf bo‘linmalari, umuman olganda ichki ishlar organlarining barcha xodimlari profilaktika inspektorlariga yordamchi sifatida ishlaydi”, — dedi polkovnik.

IIV HPBB boshlig‘ining qayd etishicha, bosh vazir Abdulla Aripovning topshirig‘iga asosan namunali mahalla idorasining loyihasi ishlab chiqilib, kelishish uchun Qurilish vazirligiga yuborilgan. Yangi namunadagi idora profilaktika inspektori va mahalla raisi aholi murojaatlarini birga qabul qilishiga moslashtirilgan bo‘ladi.

“Hamma muammolar mahallada to‘planib, shu yerda hal bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham O‘zbekiston Prezidenti farmoniga muvofiq, profilaktika inspektorlari mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga bo‘ysundirildi”, — deya qo‘shimcha qildi Baxtiyor Berdialiyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Baxtiyor Berdialiyev 700 dan ortiq profilaktika inspektorlari koronavirus yuqtirib olgani hamda yanvar—iyul oylarida O‘zbekistondagi mahallalarning 61 foizida  birorta jinoyat sodir bo‘lmagani haqida ma’lumot bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют