» » O‘z startap loyihangizni taqdim eting va 40 ta 50 million so‘mlik grantlardan birini yutib oling!

O‘z startap loyihangizni taqdim eting va 40 ta 50 million so‘mlik grantlardan birini yutib oling!


Qayerda: O‘zbekistonda

Kim uchin: 16 yoshdan katta barcha uchun

Hujjat topshirish muhlat: 2020-yilning 16-sentabrgacha.

Umumiy ma‘lumot: O‘zbekistonda yoshlarning boshlang‘ich tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturining beshinchi davri ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish boshlandi.

40 ta eng yaxshi loyihalar mualliflari 50 million so‘mgacha grantlarga ega chiqishlari mumkin.

Dastur nimalarni o‘z ichiga oladi?

• Tezlashtirish - vaqt va resurslarni tejab, loyihaning hayotiyligini tezda tekshirib ko‘ring.

• Bilimlar - innovatsion g‘oya va startap loyihasini boshlash va rivojlantirish uchun metodologiya va vositalar.

• Loyiha bo‘yicha yo‘l xaritasi - ishtirokchilar tomonidan biznes-ustoz bilan birgalikda ishlab chiqiladi.

• Mahorat-darslari va maslahatlar - onlayn seminarlarda ishtirok etish va murabbiylar va bozor mutaxassislaridan tajriba olish.

• Marketing va mijozlarni tadqiq qilish - maqsadli auditoriyani aniqlash, qiymat takliflari va loyiha gipotezalarini sinash.

• Hamkorlik - mahsulot / xizmatning minimal ishchi modelini yaratish, uni sinovdan o‘tkazish va fikr-mulohaza olish uchun sherik tashkilotlarning resurslaridan foydalanish.

• Investorlarga taqdimot - finalistlar demo kuni startaplarini namoyish etishadi va loyihani amalga oshirish uchun sarmoyalarni jalb qilishlari mumkin.

• Moliyaviy ko‘mak va sovrinlar - eng yaxshi 40 ta loyiha qimmatbaho sovg‘alar va loyihani rivojlantirish uchun 50 million so‘mgacha maqsadli grantlarga ega bo‘ladi.

• PR qo‘llab-quvvatlash - investitsiyalarni jalb qilishda yordam berish va xorijiy davlatlarning tezlashtirish dasturlarida ishtirok etish.

Jami mukofot mablag‘i qancha?

Startaplarni amalga oshirish uchun 50 million so‘mgacha bo‘lgan grantlar (har bir hududdan 3 tagacha va Toshkent shahrida 10 tagacha loyihalar) “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi va O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan ajratiladi.

Kimlar qatnashishi mumkin?

16 yoshdan katta yoshlar tadbirkorlar, ixtirochilar, talabalar, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va tadqiqotchilari, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Qizlar boshchiligidagi loyihalar va jamoalarga yoki qizlarning hammuallifi bo‘lgan jamoalarga ustuvor ahamiyat beriladi.

Tanlov qanday amalga oshiriladi?

Dasturda ishtirok etish bepul, tadbirlar onlayn tarzda o‘tkaziladi. Uch oylik ishtirok etish jarayonida nafaqat g‘oyani sinab ko‘rish, texnologiya sohasidagi tadbirkorning ko‘nikmalari va salohiyatini rivojlantirish, balki o‘z startapingizni yaratishni boshlash va uni ishga tushirish uchun mablag ‘olish mumkin bo‘ladi.

Qanday qilib ishtirok etish mumkin?

Dasturda ishtirok etish shartlari va ariza shakli, loyihalarni tanlash mezonlari va ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar to‘g‘risida ma‘lumotni www.startupinitiatives.uz sahifasidan olsihingiz mumkin.

Dastur yangiliklaridan boxabar bo‘lish uchun Telegram kanali https://t.me/startup_initiatives va Facebook sahifasini https://www.facebook.com/startupuzb kuzatib boring va obuna bo‘ling.

Qoshimcha ma‘lumotlar uchun quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +998 90 317-39-59.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют