» » Samarqand va Lvov shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Samarqand va Lvov shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin


Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Ukraina aloqalarining mustahkamlanib borayotgani ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikning rivojlanishiga xizmat qilayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda viloyatda IT Park tashkil etish, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik va boshqa bir qator sohalar bo‘yicha birgalikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar muhokama etilgan.

Nikolay Doroshenko Samarqand bilan o‘zaro birodarlashgan Lvov viloyati rahbari Maksim Koziskiyning viloyati vakillari, Samarqand shahri hokimiga Lvovga taklif etilgan taklifnomasini topshirgan.

Uchrashuvda Samarqand va Lvov shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ham muhokama etilgan.

“Tomonlar tez fursatda ukrainalik ishlab chiqaruvchilar va ishbilarmonlar ishtirokida onlayn rejimda samarqandlik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida Ukraina O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarning qayta tiklanishiga qiziqish bildirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ikki mamlakat o‘rtasida haftasiga muntazam yetti marta reyslar qatnov qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgandi.

2019-yilning oktabr oyida Toshkentdan Kiyevga charter reyslarni tashkillashtirish rejasi bilan chiqqan Charter Flights Group kompaniyasi O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi aviaqatnovlarni qayta tiklay olmagan edi.

2017-yilning dekabr oyida Ukraina bilan doimiy aviaqatnovlarning tiklanishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ikki mamlakat aviatsiya idoralari delegatsiyalari muzokaralar olib borgan. Biroq O‘zbekistonning Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonlar o‘rtasida hal qilinmagan masalalar borligi, ularning hal qilinishi bilan tomonlar muzokaralarga qaytishini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют