» » Bayrut portida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Bayrut portida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi


Livan poytaxti Bayrut shahri porti hududida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida kelib chiqqan quyuq qora tutunni 3 kilometrdan ko‘rish mumkin, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Dastlab Livan OAV yong‘in Duty Free hududidagi angarlardan birida boshlanganini xabar qildi. Livan Qizil Xoch jamiyati bosh direktori aytishicha, yong‘in chiqindini yoqish natijasida yuzaga kelgan.

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va harbiylar yetib kelishgan.

Keyinchalik Livan armiyasi yong‘in erkin bojxona zonasida motor moylari va shinalari bo‘lgan omborda chiqqanini aytdi.

“O‘t o‘chirish brigadalari yong‘in sodir bo‘lgan joyda ishlamoqda, ularga armiya vertolyotlari yordam bermoqda”, – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 4-avgust kuni Bayrut portida kuchli portlash yuz bergan. Oqibatda yuzlab uy vayron bo‘lgan, ba’zilari butunlay qulab tushgan. Portlash oqibatida 190 kishi vafot etgan. Olti mingdan ortiq kishi esa yaralangan.

Mavzuga doir: Bayrut portidagi portlash oqibatida yetkazilgan zarar miqdori 15 mlrd dollardan ortiqqa baholandi

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, portlash bojxona xodimlari 2014-yilda musodara qilgan 2750 tonna ammiakli selitraning portlashi natijasida yuzaga kelgan. Bu vaqt davomida u omborda saqlangan.

Livan poytaxti tabiiy ofat zonasi deb tan olingan. Shaharda favqulodda holat 19-sentabrgacha amal qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют